Rossiya FXX “K” boshqarmasi ikkinchi bo‘limini boshqargan polkovnik Kirill Cherkalinga nisbatan 850 ming dollar miqdorida pora olishda ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Moskva okrug harbiy sudi sudyasi Oleg Moskvitinga ko‘ra, Cherkalin ushbu summani tadbirkor Nazarovdan 2012—2015-yillarda tijoriy firmaga “ko‘z-quloq” bo‘lib turgani uchun olgan.
Cherkalin 25-aprel kuni hibsga olingandi. U bilan birga ikki sobiq hamkasbi — Dmitriy Frolov va Andrey Vasilev ham ushlandi. Ular jami 490 million rublga teng miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.
Polkovnik hibsga olinishi yuzasidan shikoyatni ko‘rib chiqqan sud uni ozod qilishdan bosh tortdi.
Izoh (0)