NASA uchun Oy va Marsni o‘zlashtirishga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Brett Ashton

“Ma’muriyatim davrida NASA‘ning koinotdagi ustunligi tiklanmoqda. Biz Oyga qaytamiz, so‘ng Marsga yo‘l olamiz”, — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter‘dagi sahifasida.

Ajratiladigan qo‘shimcha mablag‘ miqdori 1,6 milliard dollarni tashkil etishi bildirilmoqda.