Ispaniyalik astronomlar meteoritning Oy yuzasiga to‘qnashgani aks etgan videoni e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Teleskoplardan olingan ma’lumotlar asosida olimlar meteorit trayektoriyasini belgilab, parvoz videosini yaratdi.
21-yanvar kuni Oyda chaqnash qayd etilgan. Olimlar taxmin qilishicha, bunga Yer yo‘ldoshiga 61 km/soat tezlikda borib urilgan meteorit sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, meteoritning og‘irligi 45 kilogrammga yaqin bo‘lgan. Portlash kuchi taxminan 1,5 tonna trotilga baholanmoqda.
Izoh (0)