Xitoy, boshqa ko‘plab mamlakatlar qatori, Oyga o‘z odamini qo‘ndirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasining Oy va kosmik tadqiqotlar markazi boshlig‘i o‘rinbosari Yuy Gobin ma’lum qilgan.
“Dunyoning barcha mamlakatlari, shu jumladan, Xitoy ham Oyga odam qo‘ndirishni o‘ylamoqda. Chunki AQShning 1972-yildagi ‘Appolon-17’ missiyasidan so‘ng boshqa hech kim Oyda o‘z izini qoldirmagan”, — deb ta’kidlagan Gobin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda barcha mamlakatlarda Oyni tadqiq etish bo‘yicha qiziqish uyg‘ongan, bu borada juda ko‘p fikrlar va dasturlar bor.
Yuy Gobin Xitoy ham bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotganini, biroq bu qisqa vaqtda amalga oshmasligini aytgan.
Izoh (0)