“Drujba” neft quvuriga Rossiyadan ifloslangan neft kelishidan Belarus ko‘rgan zarar yuz millionlab dollarni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ikki neftni qayta ishlash zavodi, xususan, Mozir zavodi ifloslangan. Bu mamlakatga yetkazilgan ulkan zarar. Shundoq ham Novopolotsk zavodi yarim, Mozir zavodi uchdan bir quvvat bilan ishlayotgandi”, — ta’kidladi Lukashenko.
Lukashenko Rossiya prezidenti bilan bu muammoni gaplashmagani, biroq Putinning o‘zi yuz bergan voqea Moskva va Minskka zarar yetkazganini tan olganini bildirdi.
“U bu zararni qoplash kerakligini yaxshi tushunib turibdi”, — dedi Belarus prezidenti.
Izoh (0)