Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, qonun loyihasi ayollarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Hujjatda “zo‘ravonlik”, “zo‘ravonlik qurboni” va boshqa atamalarning aniq tushunchalari kiritilmoqda, zo‘ravonlikning to‘rtta turi belgilanmoqda. Bundan tashqari zo‘ravonlikning oldini olishning muhim chorasi sifatida himoya orderi taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida yanada takomillashtiriladi. Qo‘mita mazkur hujjat muhokamasida faol ishtirok etishga chaqirgan.
Izoh (0)