Belarus bojxonasi xodimlari mashinasida 100 kilogramdan ortiq rossiyalik 38 yashar ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ayol Chrysler avtomobilida Polshadan “Domachevo” o‘tkazish punkti orqali kelayotgandi. Bojxona xodimlari mashina saloni va yukxonasida elektrmagnit qulfli yashirin joylarni topdi. Ularda jami 100 kilogrammdan ortiq og‘irlikka ega kulrang modda solingan 100 ta o‘ram va 550 gramm tosh bosgan jigarrang uchta briket bo‘lgan.
Kimyoviy ekspertiza ularning ekstazi va gashish ekanligini ko‘rsatdi.
Bu Belarus bojxonasi tomonidan chegarada 25 yil davomida aniqlangan psixotroplarning eng yirik turkumi ekanligi bildirilmoqda. Rossiyalik ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Izoh (0)