10-mayga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Olmaota viloyati hududida 5,2 balli zilzila yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Favqulodda holatlar bo‘yicha Olmaota viloyati departamentining xabar berishicha, yerosti silkinishlari 10-may kuni mahalliy vaqt bilan 01:15 da Olmaota shimoli-sharqidan 356 kilometr uzoqlikda joylashgan.
“Zilzila o‘chog‘i chuqurligi 10 kilometrni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)