Telegram’dagi Mash kanalining bosh muharriri Maksim Iksanov tahririyatda tintuv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“So‘nggi soatlarda ko‘plab Telegram-kanallar Mash’da tergov ishlari olib borilayotganini, huquq-tartibot idoralari xodimlari kompyuterlarni tortib olib, hujjatlarni titayotgani va xodimlarimizni so‘roq qilishga jo‘natayotganini yozmoqda. Bu ayni haqiqat”, — deydi Iksanov.
Iksanov bu kabi tintuvlar nima sababdan va kim tomonidan o‘tkazilayotganiga oydinlik kiritmagan. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, “so‘nggi kompyuteri olib qo‘yilsa ham” Mash o‘z ishini davom ettiradi.
Mash — yangiliklarga ixtisoslashgan Rossiyadagi internet-loyiha. 2017-yilning 6-aprelida Nikita Mogutin tomonidan asos solingan bo‘lib, asosan Telegram’da faoliyat yuritadi.
Izoh (0)