Qozog‘istonda 9-may kuni bir qator OAV saytlari va ijtimoiy tarmoqlar blokirovka qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Facebook, Youtube, Instagram va Telegram‘dan foydalanish imkoniyati yo‘qolgan.
OAV saytlar va ijtimoiy tarmoqlar blokirovka qilinishini 9-may kuni Qozog‘iston shaharlarida miting va namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani bilan bog‘ladi. Ularda mamlakatda prezidentlik saylovlari halol va shaffof o‘tkazilishi talab qilinmoqda.
Izoh (0)