Yaponiyaning Kyusyu oroli janubi-sharqiy qismida 6,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Yerosti silkinishi o‘chog‘i Miyadzaki prefekturasida, 20 kilometr chuqurlikda bo‘lgani qayd etilgan. Zilziladan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi, biroq keyinchalik bekor qilindi.
Vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida hozircha xabar berilmadi.
Orolda joylashgan atom elektr stansiyalari zilzila oqibatida zarar ko‘rmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)