3-may, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 35-turining dastlabki o‘yinida Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida hamshahari “Torino”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida “Torino” yarim himoyachisi Sasha Lukich “Yuve” darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 84-daqiqaga kelib “keksa sinyora” yetakchisi Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa Turin derbisida g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar bir ochkodan ega bo‘ldi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 89 taga yetkazib oldi. “Torino” hisobida esa 57 ochko mavjud va jamoa 6-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
35-tur bahslari
3-may, juma
“Yuventus”—“Torino” 1:1
Gollar: 0:1 — 18 Lukich, 1:1 — 84 Ronaldu“Yuventus”: Shensni, Joau Kanselu, Kyellini, Bonuchchi, Matyuidi, Spinatssola, Pyanich, Kuadrado (Pereyra, 78), Bernardeski (De Shilyo, 85), Ronaldu, Kin
“Torino”: Sirigu, de Silvestri (Zaza, 89), Nkulu, Bremer, Ansaldi, Meyte, Lukich (Ayna, 79), Berenger (Bazelli, 70), Rinkon, Isso, Belotti
Ogohlantirishlar: Matyuidi (34), Rinkon (49), Lukich (68), Bonuchchi (71), Bernardeski (82), Bremer (90+3)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)