“Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a’zolarining 2018-yil yakunlari va 2019-yildagi istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan umumiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Konferensiya kun tartibidan nodavlat elektron OAVning 2018-yilga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda O‘zEOAVMA a’zolarining 2019-yilga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi taqdimoti, hududiy nodavlat telestansiyalar efir dasturlarini sifatli media-kontent bilan boyitish, nodavlat teleradiouzatuvchilarning rivojlanish dasturi loyihasi muhokamasi o‘rin oldi.
Konferensiyada shu va assotsiatsiya faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza, taqdimot va hisobotlar tinglandi.
Muhokamalar tashkil etilib, tegishli qaror va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zEOAVMA va Buyuk Britaniyaning VVS telekanali o‘zbek xizmati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Izoh (0)