Vladimir Putin Rossiyaning Belarusdagi elchisi Mixail Babichni iste’foga chiqardi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rossiya OAVlarining qayd etishicha, Babich Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning qayta-qayta iltimoslariga ko‘ra iste’foga chiqarilgan. U 2018-yil 24-avustida elchi etib tayinlangandi.
Senator va Irkutsk viloyatining sobiq gubernatori Dmitriy Mezensev Rossiyaning Belarusdagi yangi elchisi bo‘ldi.
Izoh (0)