Ukraina markaziy saylov komissiyasi Vladimir Zelenskiyni rasman prezidentlik saylovi g‘olibi deb e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Zelenskiy saylovchilarning 73,22 foiz, amaldagi prezident Pyotr Poroshenko 24,45 foiz ovozini to‘pladi.
Saylovlarda bunga huquqi bo‘lgan Ukraina fuqarolaring 61,37 foizi yoki qariyb 18,5 million kishi ishtirok etdi.
Yangi prezidentning inauguratsiyasi saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan so‘ng 30 kun davomida, ya’ni 3 iyungacha o‘tkazilishi lozim. Aniq sanani mamlakat parlamenti belgilaydi.
Izoh (0)