2019-yil 29-aprel kuni soat 02.00 larda O‘rtachirchiq tumani hududida Buxoro shahridan Parkent tumaniga qaytayotgan Mercedes-Benz rusumli yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi.
Halokat paytida avtobus salonida 56 nafar yo‘lovchi, jumladan, Toshkent viloyatidan maktab o‘quvchilari bo‘lgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Ularga halokat joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati bolalarning Buxoroga uyushtirilgan safarini tashkil etilish jarayoni bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda.
Izoh (0)