Tekshiruvlar natijasida 359 nafar odamning halok bo‘lishiga olib kelgan Shri-Lankadagi bir qator portlashlar sodir etilishida gumonlanib qo‘lga olinganlar soni 58 nafarni tashkil etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 24-aprel kuni politsiya Beruvala, Katana, Alutxgama shaharlaridan 18 kishini hibsga olgan.
21-aprel kuni Shri-Lankada mamlakat tarixida eng katta bir qator terrorchilik hujumlari uyushtirildi. Umumiy hisobda Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlarida, xususan, pasxa bayrami nishonlanayotgan cherkovlar va mehmonxonalarda sakkizta portlash sodir etilgan.
Hujumda Shri-Lanka fuqarolari bo‘lgan yettita xudkush terrorchi ishtirok etgan.
Izoh (0)