Ukrainadagi prezident saylovlarida berilgan ovozlarning 100 foizi hisoblab chiqilgach, nomzod Vladimir Zelenskiy g‘olib bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru” Ukraina Markaziy saylov komissiyasiga tayanib.
Zelenskiy saylovchilarning 73,22 foiz ovozlarini to‘plagan. Unga 13,5 million ukrainalik ovoz bergan.
Ta’kidlanishicha, bungacha ushbu mamlakatda prezidentlikka nomzodlarning hech biri saylovda buncha ovoz to‘plamagan.
Mamlakatning amaldagi rahbari Pyotr Poroshenko esa ovozlarning 24,45 foizini qo‘lga kiritgan, bu 4,5 million kishi demakdir.
Izoh (0)