Kanada Myanma sudi tomonidan Reuters jurnalistlarini qamoqda qoldirish to‘g‘risidagi qaroridan tashvishda ekanini bildirgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Kanada Tashqi ishlar vazirligi rahbari Xristya Friland jurnalistlarning Roxinja xalqi genotsidi vaqtida Myanma harbiylari tomonidan sodir etilgan vahshiyliklarni tekshirganligi uchun qo‘lga olinganligini ta’kidlagan.
Kuni kecha Myanma Oliy sudi davlat sirlarini buzganlikda ayblanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan ikki nafar Reuters jurnalistlarining appelyatsiya arizasini rad etgan.
Izoh (0)