Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Jambil viloyatidagi avtohalokatda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.
“Qozog‘iston xalqi va o‘zimning nomimdan halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlar tezda sog‘ayib, oilalariga qaytishlarini tilab qolaman”, — deyiladi telegrammada.
Qordoy tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlangan.
Izoh (0)