Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov O‘zbekistonda fevral oyida chiqarilgan yevroobligatsiyalar keltirayotgan daromad hukumatni qoniqtirayotganini aytdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Bu haqda u 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, dastlab qiymati 500 dollar bo‘lgan besh yillik qog‘ozlar 5,625—5,75 foiz atrofida daromad keltirishi kutilgan, biroq u 4,75 foizgacha tushib ketgan. Obligatsiyalar chiqarilganidan so‘ng ikki oy davomida joylashtirishning eng kam narxi nominalning 98,9 foizini, eng ko‘pi 100,5 yoki 101 foizni tashkil etgan.
“Barchasi AQSh bozori, qayta moliyalash stavkasiga, ayrim rivojlanayotgan davlatlarda voqealar qanday tus olayotganiga bog‘liq, ya’ni bizning obligatsiyalarimiz birja kursiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi Odilbek Isoqov.
Shuningdek, bu ular uchun ham barometr ekanligi, agar nimadir noto‘g‘ri qilinsa, bu birja kursiga deyarli albatta ta’sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston kompaniyalari qachon xalqaro qarz bozoriga kirishi rejalashtirilayotgani haqida so‘ralgan savolga Moliya vaziri o‘rinbosari “davlatning ko‘pgina kompaniyalari xalqaro moliyaviy standartlar (International Financial Reporting Standards, IFRS)ga o‘tmagan”, — deb javob bergan.
Izoh (0)