Peruning sobiq prezidenti Alan Garsiya o‘zining miyasiga o‘q uzib, halok bo‘ldi. Bu haqda Peruning Telesur telekanali xabar berdi.
Avvalroq, Alan Garsiyaning uyiga politsiya borganida u o‘z joniga qasd qilishga urinib, komaga tushib qolgani haqida xabar berilgan edi. Zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan sobiq prezidentning ahvoli juda jiddiy edi.
U korrupsiyada ayblangani uchun politsiya uni hibsga olmoqchi bo‘lgan. Ammo sobiq prezident aybini tan olmagan.
Reuters nashrining xabar berishicha, o‘tgan yili Garsiya tergov ishlari tugagunicha mamlakatdan chiqishi taqiqlangach, Urugvaydan siyosiy boshpana so‘ragan edi. Ammo Urugvay bu iltimosni rad etgan.
Izoh (0)