Toshkentda ko‘chalarni patrullash uchun yana 50 ta mototsikl xarid qilinadi. Bu haqda IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari Azizxon Umarxonov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz” .
“Hozirda poytaxtda 10 nafar mototsiklchidan iborat otryad ishlamoqda. Ular hukumat delegatsiyalariga hamrohlik qilish, tiqinlarni bartaraf etishda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgani uchun yana 50 ta mototsikl sotib olinadi”, — dedi A. Umarxonov.
Toshkentda tiqinlar tez-tez yuzaga keladigan 50 dan ortiq chorraha bo‘lib, motootryad harakatni tezda tiklanishiga hissa qo‘shmoqda.
Ma’lumot uchun, Toshkentdagi ilk motootryad 2017-yil avgustda xizmatga kirishgandi.
Izoh (0)