12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonovning o‘rinbosari etib tayinlangan Saida Mirziyoyeva Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida o‘z rasmiy sahifalarini ochgan edi.
U bugun ijtimoiy tarmoqlarda yangi xabar yozib qoldirdi.
“Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.
Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)