• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Farzandlarimiz bu binoda tarbiyalanayotganidan qo‘rqamiz”. Shahrisabzda 1940-yilda qurilgan bog‘cha bolalar hayoti uchun xavfli holatga kelib qolgan

    “Daryo”ga kelib tushgan navbatdagi murojaatga ko‘z yugurtirganimizda, ota-onalar hasratidan chang chiqadi. Murojaat matnida shunday misralar bor: “1940-yilda qurilgan “avariya” holatidagi bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarimiz taqdiri bizni o‘ylantirmoqda...”.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri vaziyatni o‘rganish maqsadida Shahrisabz tumanining “Chorshanbe” qishlog‘ida joylashgan 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘l oldi.

    Foto: “Daryo”

    — Qurilganiga 80 yil bo‘lgan 35 o‘rinli bog‘chamizda 75 nafar bola ta’lim-tarbiya olmoqda, — deydi murojaatchi ota-onalardan biri Fotima Tursunova. – O‘tgan davr mobaynida bog‘cha biror marta ham ta’mirlanmagan. Mashg‘ulot xonalari qorong‘i, zax va bolalarimiz hayoti uchun juda xavfli holatga kelib qolgan. Ushbu muammoni yechish uchun 5 yildan beri mutasaddilar eshigini qoqamiz. Ammo foydasi bo‘lmayapti. Hech kim e’tibor qaratmaydi.

    Ota-onalarning aytishicha, bog‘cha devori xom g‘ishtdan iborat bo‘lib, tom qismiga plita yotqizilgan. Yomg‘irdan zarar ko‘rgan devorlar qulab tushish arafasida.

    Foto: “Daryo”

    — Xom g‘ishtdan qurilgan bog‘cha devori nam tortib qolganligi bois ham tomiga yopilgan plita bizni xavotirga solmoqda, — deydi Gulchehra Ibotova. – Farzandlarimiz taqdiri bizni o‘ylantiryapti. Qo‘rqamiz shu binoda tarbiyalanayotganidan.

    Hududda yashovchi aholi vakillarining so‘ziga ko‘ra, ular muammoga yechim izlab tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va tuman hokimligiga bir necha bor murojaat qilgan.

    Foto: “Daryo”

    — Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va hokimiyatga bir necha marotaba murojaat qildik, — deydi Gulhayyo To‘rayeva. – Ammo har safar “qilib beramiz” deyishdan nariga o‘tishmaydi. Kun sayin bog‘cha binosi bolalar hayoti uchun xavfli holatga kelib qolmoqda.

    Bog‘cha tarbiyachisi Dilso‘z Valiyeva yomg‘irli kunlarda bog‘cha tarbiyachilari bolalarni qo‘yib, chakki o‘tgan joylarni tozalash bilan andarmon bo‘lishini aytmoqda.

    — Agar yomg‘ir yog‘sa, hamma joydan chakki o‘tadi. Hatto ichkariga ham loy oqib tushadi, — deydi Dilso‘z Valiyeva. – Biz tarbiyachilar bolajonlarni qo‘yib, chakki o‘tgan, loy tushgan joyni tozalash bilan ovora bo‘lib qolamiz.

    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, hududda bog‘chaga talab shu qadar ko‘pki, joy yetishmasa-da ota-onalarning o‘zi bitta karavotga 2 nafar bola yotishiga ham rozi bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    — Bog‘cha tarbiyachilari bolalarimiz bilan juda yaxshi ishlashlari bois ham “mayli bitta karavotga 2 nafar bola yotsa ham farzandimga shu bog‘chadagilar ta’lim-tarbiya berishsin” deganmiz, — deydi ota-onalardan yana biri Feruza Musurmonova. – Mutasaddilarga borsak, bog‘cha talabga javob bermaydi “yopamiz” deyishadi. Bog‘chani yopib qo‘yishsa, bizning farzandlarimiz nima qiladi? Hududimizdagi ko‘pchilik ota-onalar ishlaydi. Shuning uchun ham bog‘chaga ehtiyojimiz katta.

    Feruza Musurmonova.

    Feruza Musurmonova.
    Foto: “Daryo”

    Ota-onalar va bog‘cha tarbiyachilari “Daryo” muxbiri bilan suhbat davomida 2018-yil bog‘chaga yangi jihoz va mebellar keltirilgani, biroq bog‘cha talab darajasida bo‘lmagani bois, qaytarib olishganini bildirmoqda.

    — Bog‘chamizga 2018-yil yoz oyida yangi jihoz va mebellar olib kelishdi, — deydi ota-onalar va bog‘cha tarbiyachilari. – Ammo bog‘chamiz eski bo‘lgani uchun talabga javob bermaydi deb, jihozlarni qaytarib olib ketishdi.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu bog‘chada 30 yildan beri mehnat qilib kelayotgan Sabohat Mahmatqulovaning ma’lumot berishicha, o‘tgan yillar davomida bog‘cha biror marta ham ta’mirlanmagan. Har yili bog‘cha ishchilari o‘zi pul yig‘ib, ta’mirlash ishlarini olib boradi.

    Bog‘cha mudirasi Sabohat Abdunazarova tarbiyachilarning bog‘cha ta’mirlanmaganligi to‘g‘risidagi gapini tasdiqlab, faqatgina 2015-yil bog‘cha hojatxonasi qulab tushgandan so‘nggina 20 million so‘m mablag‘ ajaratilganligini aytdi.

    Sabohat Abdunazarova.

    Sabohat Abdunazarova.
    Foto: “Daryo”

    — 2015-yil hojatxonamiz qulab tushdi, — deydi Sabohat Abdunazarova. – O‘shanda 20 million so‘m mablag‘ ajratishdi. Haqiqatdan ham o‘tgan yillar davomida bog‘cha biror marta ham ta’mirlanmagan.

    Bog‘cha mudirasining ma’lumot berishicha, mazkur “Chorshanbe” qishlog‘idagi 8-sonli bolalar bog‘chasi va “Chorqi” qishlog‘idagi filialida jami 150 nafar bola tarbiyalanadi. Asosiy binoda 75 nafar, filialda 75 nafar. Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida biz bilan suhbatda bo‘lgan ota-onalardan Gulida Rahimova, Umida Boymatovalar qo‘shni qishloqda yashashsa-da, farzandlarini aynan shu bog‘chaga olib kelishlarini bildirmoqda.

    — Bog‘cha tarbiyachilari yaxshi ta’lim-tarbiya beradi, — deydi 9–10 kilometr masofadagi qo‘shni qishloqdan keluvchi ota-onalar Umida Rahimova hamda Umida Boymatovalar.

    Umida Boymatova.

    Umida Boymatova.
    Foto: “Daryo”

    — Bog‘chamiz ahvoli yomon ekanligini, talabga javob bermasligini tuman hokimligiga ham aytganmiz, — deydi maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Dilorom Imomova. – Shu boisdan ham hokimimiz kelgan payti, ushbu bog‘cha ahvoli qoniqarli emasligini, shuning uchun ham bog‘chani tezda yopish kerakligi haqida topshiriq bergan. Yopamiz desak, ota-onalar “farzandlarimiz qayerga boradi” deb qarshilik ko‘rsatishmoqda. Ularning gapiga ko‘nadigan bo‘lsak, farzandlarimiz hayotini xavf ostida qoldiramiz-ku.

    — Tuman hokimi ahvolimizni ko‘rgach, tezda bu bog‘chani yopib, yonimizdagi maktabga ko‘chishimiz kerakligini aytdi, — deydi bog‘cha mudirasi Sabohat Abdunazarova. — Ammo ko‘chib o‘tganimizdan so‘ng, o‘qituvchilar va tuman xalq ta’limi noroziligi bilan yana eski binomizga qaytdik.

    Foto: “Daryo”

    Dilorom Imomovaning ma’lumot berishicha, tuman hokimi tashabbusi bilan 2019-yilning yanvar oyida hududda joylashgan 30-umumta’lim maktabining o‘z vaqtida bog‘cha uchun deya qurilgan, 120 o‘rinli bo‘sh binosini bog‘chaga olib berishgan. Ammo Xalq ta’limi vazirligining e’tirozi bilan ish to‘xtagan.

    30-maktabning bo‘sh turgan 120 o‘rinli binosi.

    30-maktabning bo‘sh turgan 120 o‘rinli binosi.
    Foto: “Daryo”

    — Tuman hokimi bog‘cha ahvolini ko‘rgach, tezda yopish kerakligini, bog‘cha uchun esa boshqa hududdan joy topish lozimligini aytdi, — deydi Dilorom Imomova. – Shuning uchun ham hududda joylashgan 30-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan va o‘z vaqtida bog‘cha uchun qurilgan 120 o‘rinli binosini olib, bog‘cha bolalarini ko‘chirmoqchi bo‘ldik. Hatto bog‘chani ko‘chirdik ham. Ammo maktab o‘qituvchilarining qarshiligiga uchradik.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, hududda joylashgan 30-umumta’lim maktabi 1076 o‘rinli bo‘lib, ayni kunda maktabda 700 nafarga yaqin bola bir “smena”da tahsil oladi. Hudud aholisining guvohlik berishicha, maktabning 120 o‘rinli binosi haqiqatdan ham bo‘sh bo‘lgan. Ammo tuman hokimligining bog‘chani ko‘chirish tashabbusidan keyin, maktab rahbariyati bo‘sh binoga kutubxona tashkil etgan. Xolbuki, maktab kutubxonasi alohida binoda joylashgan.

    Foto: “Daryo”

    Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shuhrat Ro‘ziyev binodan foydalanishga ruxsat berishi uchun vazirlik ruxsati kerakligini aytmoqda.

    — Haqiqatdan ham 1076 o‘rinli 30-sonli umumta’lim maktabida 700 nafar o‘quvchi tahsil oladi, — deydi Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shuhrat Ro‘ziyev. – Ammo binodan foydalanishga ruxsat berishimiz uchun Xalq ta’limi vazirligining ruxsati kerak-da. Mayli ruxsat olishsa, foydalanishsin. Biz topshiriqni bajaradigan xodimmiz.

    Bog‘cha binosining orqa tomoni.

    Bog‘cha binosining orqa tomoni.
    Foto: “Daryo”

    Bog‘cha ma’muriyati va ota-onalarning qo‘shimcha qilishicha, hududdagi tez yordam binosi aslida bog‘cha uchun qurilgan bo‘lib, bundan 2 yil ilgari tuman tibbiyot birlashmasi balansiga olingan. Va ayni kunda tez yordam binosi sifatida foydalanib kelinmoqda.

    Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’uli Dilorom Imomova ushbu hududda kasb-hunar kolleji ham joylashgani, ayni kunda kollej yotoqxonasi ham bo‘sh va foydalanilmayotganligini aytmoqda. Imomovaga ko‘ra, mas’ullar kollej yotoqxonasini berishlarini so‘rab ham murojaat qilishgan. Ammo bunga aloqador boshqarmalar hozircha ruxsat berishmagan.

    Foto: “Daryo”

    — Yonimizdagi kollej yotoqxonasini ham so‘radik, maktabning bo‘sh turgan binosiga kirishga harakat qilib ko‘rdik, hatto tez yordam binosini ham olishga urindik, — deydi Dilorom Imomova. — Biroq foydasi bo‘lmayapti-da. Tuman hokimligi va maktabgacha ta’lim bo‘limi bu ishga astoydil kirishgan. Ammo bu masala tuman miqyosida hal bo‘lmayapti-da. Viloyatdagi mas’ul rahbarlar ham bu ishga ko‘maklashishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

    Shahrisabz tumanining “Chorshanbe” qishlog‘idagi 8-sonli bog‘cha muammosini omma e’tiboriga havola qilishdan maqsad, mutasaddilarning ushbu jiddiy masalaga o‘z vaqtida e’tibor qaratishlarini istaganimizdan. Binobarin ushbu dargohda 75 nafar qora ko‘z ta’lim-tarbiya olayotgan ekan, hech kimsaning ushbu farzandlar hayotini xavf ostida qoldirishga haqqi yo‘q...

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” tahririyati doimgidek mutasaddilar harakatini kuzatadi.

    12.04.2019, 12:10   Izoh (0)   24679
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jondor-Qorako‘l trassasida Turkiya yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (foto)

    12.04.2019, 10:53

    Tarixiy surat: Sharof Rashidov va Yuriy Gagarin

    12.04.2019, 10:32

    Moliya vazirligi yilning birinchi choragida 70 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarni aniqladi

    12.04.2019, 09:33

    Mehnat inspeksiyasi Andijonda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinganligi holatini tekshirmoqda

    12.04.2019, 08:20

    “Biz hamon shok holatidamiz”: Jasur Ibrohimovning onasi va advokati Islom To‘laganovning ozodlikka chiqarilishi haqida

    11.04.2019, 22:35

    Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining joriy yilgi barcha bitiruvchilari ish bilan to‘liq ta’minlandi

    11.04.2019, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05

    Nega ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq uxlashi muhim?

    Ayollar sahifasi | 9 avgust, 14:45

    Toshkentda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 14:30

    Zelenskiy “biror narsani imzolashga” tayyor turishi kerak — Tramp

    Dunyo | 9 avgust, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.