Vashingtonlik jurnalist Evan Osnos iPad’i 25 million daqiqaga yoki yarim asrga bloklab qo‘yilganini aniqlagan, deya xabar beradi ForumDaily.
Buni Evanning uch yashar o‘g‘li planshetni ishlatish uchun bir necha marta noto‘g‘ri parolni kiritish yo‘li bilan amalga oshirgan.
“Bu go‘yo feykka o‘xshaydi, lekin, afsuski, bu 3 yoshli bola ochishga uringan iPad”. Biror g‘oyangiz bormi?” — Osnos o‘zining Twitter’dagi folloverlaridan yordam so‘ragan.
Nyu-Yorker nashri jurnalistining xabari iPad ekrani tasviri bilan joylangan, unda qurilma egasiga 25 536 442 daqiqadan, ya’ni 48,5 yildan so‘ng murojaat qilish taklif qilingan.
Apple’ning tavsiyalariga muvofiq, ushbu holatda foydalanuvchilar iTunes orqali sozlamalarni tiklashi va yangilashi tavsiya qilinadi. Biroq, bunday holatda saqlanmagan har qanday ma’lumot yo‘qolib ketadi.
8-aprel kuni Osnos plansheti hali ham blokda ekanligini aytgan: “Bizda hali 25 million daqiqa bor”, deya hazil qilgan. 9-aprel kuni u planshetni qayta tiklayotganligini yozib, barchaga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.
Izoh (0)