“Daryo” Twitter’da o‘tgan haftada mashhur shaxslar tomonidan post qilingan eng muhim tvitlar bilan o‘rtoqlashadi.
“Yevropa Ittifoqimi yoki Rossiya — 21-aprel aniqlik kiritib beradi. Ukrainaga kuchli prezident va oliy bosh qo‘mondon kerak, zaif shaxs emas. Biz Yevropa tomon tez odimlashimiz mumkin. Lekin yanada tezroq Rossiya imperiyasi qo‘l ostida bo‘lishimiz ham mumkin. Shunday xavf mavjud” — deb yozdi Pyotr Poroshenko, Ukraina prezidenti.
Nyu-Yorkda odamlar o‘z paketi, idishi, sumkasi bilan kelishi shart bo‘lgan do‘kon paydo bo‘ldi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari chiqitlarini kamaytirishga imkon beradi, odamlar esa qancha yeya olsa, shunigina xarid qiladi. Chiqindi qutilaridagi oziq-ovqat chiqitlari metan gazi manbasi bo‘lib, bu gaz CO2 dan ham xavfliroqdir, deyiladi BMTning Twitter’dagi sahifasida.
“Binyamin Netanyaxu, agarda bosh vazirlikka saylovda g‘alaba qozonsa, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida noqonuniy bosib olingan hududlarni qaytarib olishini ma’lum qildi”, — Levent Kamol, Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis, turk jurnalisti.
Iqlim siyosati — sof ekologik siyosat emas. Bu sog’liqni saqlash hamdir, shuningdek, xavfsizlik va tashqi siyosat masalasi hamdir. Energetikadagi o‘tish davrini biz har taraflama shakllantirib olishimiz kerak. Bu masala asrimizning eng jiddiy masalalaridan biridir”, — Xayko Maas, Germaniya tashqi ishlar vaziri.
“Alp tog‘lari muzliklarining bir necha o‘n yilliklar ichida yo‘q bo‘lib ketishi tog‘-chang‘i dam olish maskanlarini xavf ostida qoldirmoqda”, — deb yozadi The Independent nashri.
Izoh (0)