2019-yil 6-aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018-yil 31-mart kuni Yakkasaroy tumani Boshliq dahasida yashovchi M.X.(ismli ayol), M.E.(ismli ayol) va A.B.larga Toshkent shahri hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon olib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, M.E.dan 350 mln. so‘m hamda A.B.dan 390 mln. so‘m pullarini olganligi va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. M.X. ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)