Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Qozon Federal universiteti qoshidagi Iqtisodiyot va boshqaruv instituti direktori N.Bagautdinova, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Polyakova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi, deb Zarnews xabar qilmoqda.
Unda 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli masalalar muhokama qilindi. Talabalar bir vaqtning o‘zida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Qozon Federal universiteti qoshidagi Iqtisodiyot va boshqaruv institutining diplomiga ega bo‘lishi mumkin. Muhokamalar doirasida 2019—2020-o‘quv yilida buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishiga 50 nafar, menejment yo‘nalishiga 25 nafar, hududiy iqtisodiyot yo‘nalishiga 25 nafar o‘quvchi qabul qilinishi kelishib olindi.
Shuningdek, o‘quv rejasi, magistratura, aspirantura hamda doktoranturaga qabul qilish yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)