Turli ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida tomonidan Muhammadbobur Xo‘jayev tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani hududida qurilayotgan turar-joy binosi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev nazoratida buzib tashlangani haqida xabarlar chop etilgan edi. Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida ushbu masala yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Matbuot anjumanida Muhammadbobur Xo‘jayev tomonidan qurilgan uylarni sotib olgan fuqarolar, keng jamoatchilik vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirkorning da’volari nechog‘li haqqoniy ekani va u tomonidan qurilgan uylarning holati qanday ekanligini xolis o‘rganish uchun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimlarini ham bu ishga jalb etdi. Ular Muhammadbobur Xo‘jayev tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli turar joylarda bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan aholi bilan suhbatlashdi.
Uylarda yong‘in xavfsizligi me’yorlariga umuman rioya etilmagan, yomg‘ir suvi ketadigan arig‘-u quduqlar ham yo‘q. Uylarda devorning o‘rniga gipsokartondan foydalanilgan. Uylar poydevorsiz qad rostlagani uchun xonadon polidan o‘tlar o‘sib chiqqan.
Toshkent shahar hokimligi vakillarining ma’lum qilishicha, hozirda ushbu uylarni qurayotgan shaxslar ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Ularga qarshi da’vo arizasi hokimiyat tomonidan 2018-yilning noyabr oyida berilgan.
Talabga javob bermaydigan uyda yashayotgan fuqarolar esa sifatli uylarga ko‘chiriladi. Hozirda hokimiyat tomonidan hududda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun investor izlanmoqda.
Izoh (0)