Syurix universiteti olimlari delfinlar iqlim o‘zgarishi oqibatida halokatga duch kelayotganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Tadqiqotchilar G‘arbiy Avstraliya shtatining shimoli-g‘arbiy qismida Shark ko‘rfazida yashaydigan delfinlarni o‘rgandi.
Tadqiqotga ko‘ra, ko‘rfaz suvining harorati 2011-yilda Avstraliyani qoplagan issiqlik to‘lqini tufayli 4 ℃ ga ortgan. Olimlarning ta’kidlashicha, keskin isib ketish, eko tizimning asosini tashkil qiladigan dengiz o‘simliklarining katta qismi nobud bo‘lishiga olib keldi.
Shu bilan birga, 2011-yilda delfinlar o‘limi darajasi 12 foizga oshdi. Bundan tashqari, delfin bolalarining tug‘ilishi ham kamaydi.
Izoh (0)