4-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.
Haj safari xarajatlari arzonlashadi.
Bu haqda 4-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.
Shuningdek, brifingda xabar qilinishicha, har oyda 7 ming nafar o‘zbekistonlik Umra safariga yo‘l olmoqda hamda o‘zbekistonlik Haj ziyoratchilari besh yulduzli mehmonxonada yashamoqda.
***
Xorazmda yana uch egizak tug‘ildi.
Chaqaloqlarga Shavkatjon, Mirziyo, Miromon deb ism qo‘yilgan. Qo‘shko‘pir tuman hokimi chaqaloqlarga uchta kolyaska sovg‘a qilgan.
***
Andijon shahrida hayvonot bog‘i foydalanishga topshirildi.
Saksonga yaqin qafasga turli qit’alardan keltirilgan afrika ilonlari, timsohlar, sherlar, gavaya makakalari, emu tovusi (Avstraliya), o‘rdak va oqqushlar, shuningdek, yopiq pavilyonlarga esa qushlar hamda suv osti jonzotlari olib kelinib, parvarishlanmoqda. Hayvonot bog‘ining yuqori qismida esa kelgan mehmonlar uchun turli ko‘rinishdagi attraksionlar, salqin ichimliklar va muzqaymoq kafesi, avtodrom, batut majmuasi, dorbozlar maydoni ham qurilgan.
***
Uzbekistan Airways Jidda va Nyu-Yorkka qatnovlar sonini oshirdi.
2019-yil 1-apreldan boshlab Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasi Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar sonini oshirdi.
Shuningdek, 2-apreldan Nyu-York shahriga uchinchi muntazam yo‘lovchi qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan.
***
Chinozlik “Ahmadboy”ning sud ishi davom etmoqda.
Sudya Xayriddin Shermuhammedov raisligida 11 nafar jabrlanuvchining da’vo arizasiga ko‘ra, “Ahmadboy” va uning 15 nafar jinoiy sheriklariga nisbatan sud tergovi o‘tkazilmoqda.