Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan haydovchilarning hushyorligini yanada oshirish uchun tungi kofe breyklar tashkil etishmoqda, deb yozadi “Zarnews.uz”.
Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari transport egasini to‘xtatib, agar haydovchi charchagan yoki uyqusi kelayotgan bo‘lsa unga qahva yoki choy tutqazib, uning hushyorligini oshirishga harakat qilyapti.
“Tungi kofe breyk” tadbirlari viloyatning M-37 yo‘lidagi haydovchilarni hushyorlikka chaqiruvchi maskanlarda tashkil etilgan.
– Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad, avvalo, yo‘llarda ko‘ngilsiz voqea va hodisalarning oldini olish, – deydi Oqdaryo tuman YHXG katta inspektori leytenant Obid Sharipov. – Shu bilan birga, haydovchi hamda yo‘lovchilarning manzillariga sog‘-omon yetib olishlaridir. O‘ylaymizki, bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishidan avtomobil haydovchisi ham, yo‘lovchilar ham mamnun bo‘lishmoqda.