Daryo

Haj safari xarajatlari arzonlashadi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil etildi

1 daqiqa o‘qish206 617 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 4-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingni qo‘mitaning matbuot xizmati vakili Abror Xikmatov olib bordi, deya xabar berdi “Azon.uz”.

Foto: “Azon.uz”

Brifingda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-mart kuni qabul qilingan fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsion huquqlarini ta’minlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish, o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar samaradorligini yanada oshirish, ziyoratlarni yuqori samarada va tizimli tashkil etish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini arzonlashtirish bo‘yicha farmoyish ma’lumotlari taqdim etildi.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar