Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan boshchiligidagi ishchi guruh 7—12-mart kunlari Saudiya Arabistonida xizmat safarida bo‘ldi, deb yozadi “Azon.uz”.
Ular Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish mexanizmlarini va bozorlarni o‘rgangan.
Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar tomonidan O‘zbekistondan boradigan ziyoratchilarga taqdim etilayotgan mehmonxona, transport vositalari, ovqatlanish xizmatlarining sifatiga, qo‘shimcha sharoitlarga e’tibor qaratgan.
Xabarda aytilishicha, ziyoratchilar ilk marotaba Madina shahrida besh yulduzli Zamzam Pulman, Makka shahrida to‘rt yulduzli Abrojir Kisua mehmonxonalarida istiqomat qiladi.
Shuningdek, ushbu mehmonxonalarda o‘zbek oshpazlari tayyorlagan tansiq taomlar beriladi, bepul tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga doir: Haj safari xarajatlari arzonlashadi