Joriy yilning 16—27-aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar o‘ntadan (erkaklar — 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kg; ayollar — 48, 51, 54, 57, 60, 64, 69, 75, 81 kg ) vazn toifasida o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqaga O‘zbekiston delegatsiyasi quyidagi tarkibda yo‘l oladi:
Erkaklar:
- Nodirjon Mirzahmedov (- 49 kg)
- Hasanboy Do‘smatov (- 52 kg)
- Mirazizbek Mirzahalilov (- 56 kg)
- Shukurjon Rahimov (- 60 kg)
- Shunqor Abdurasulov (- 64 kg)
- Bobousmon Boturov (- 69 kg)
- Isroil Madrimov (- 75 kg)
- Dilshodbek Ro‘zmatov (- 81 kg)
- Sanjar Tursunov (- 91 kg)
- Bahodir Jalolov (+ 91 kg)
Ayollar:
- Fotima Tursunboyeva (- 48 kg)
- Farangiz Hoshimova (- 51 kg)
- Tursunoy Rahimova (- 54 kg)
- Yodgoroy Mirzayeva (- 57 kg)
- Rayxona Qodirova (- 60 kg)
- Maftuna Meliyeva (- 64 kg)
- Shahnoza Yunusova (- 69 kg)
- Mavluda Mavlonova (- 75 kg)
- E’zoza Meliyeva (- 81 kg).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)