YouTube kanalida velosipedchi Kenni Beleyning 20 metrli sim ustidan velosiped haydab o‘tgan videosi e’lon qilindi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.
Velosipedchi Kenni Beley bekorga “sehrgar” deb atalmaydi: 20 metrli bir simning ustidan velosipedda o‘tadigan undan boshqa hech kim yo‘q.
Sportchi bu mashg‘ulotga bir yil tayyorlangan. U velosipedchilardan oyoqlari bilan yerga tegmasdan to‘siqlarni kesib o‘tishni talab qiladigan UCI World bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni.
Video Fransiyaning La Plan shahridagi chang‘i kurortida suratga olingan.
“Simga birinchi chiqqanimda — bu bir necha oylik tayyorlashdan keyin! — Men buning iloji yo‘q deb o‘yladim. Bu mashg‘ulot mening hayotimdagi eng qiyini bo‘ldi” — deydi velosipedchi.
Izoh (0)