31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 32-turining markaziy o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi Londonning “Tottenhem” klubi bilan kurash olib bordi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Roberto Firmino Endryu Robertson uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. 70-daqiqada esa “shporlar” a’zosi Lukas Moura hisobni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarga kelib londonliklar himoyachisi Tobi Alderveyreld o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (1:2).
Shu tariqa “mersisaydliklar” o‘z maydonida “Tottenhem”ni yengib, musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
APL
32-tur bahsi
“Liverpul”—“Tottenhem” 2:1
Gollar: 1:0 — 16 Firmino, 1:1 — 70 Lukas Moura, 2:1 — 90, avtogol, Alderveyreld“Liverpul”: Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum, Henderson (Origi, 77), Milner (Fabinyo, 77), Mane, Saloh (Lovren, 90+3), Firmino
“Tottenhem”: Lyoris, Rouz, Sanches (Son, 69), Alderveyreld, Trippier, Alli, Sissoko, Lukas Moura (Devis, 82), Eriksen (Lyorente, 90), Vertongen, Keyn
Ogohlantirishlar: Lukas Moura (80).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)