Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 44 nafarga yetdi, yana 265 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: tasnimnews.com

Foto: tasnimnews.com

Eronning janubidagi tarixiy Sheroz shahri boshqa hududlarga qaraganda ancha jiddiyroq talofat ko‘rgan. U yerda qurbonlar soni 21 kishiga yetgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zarar yuz million dollarni tashkil qilgan.

Ta’kidlanganidek, toshqin Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelgani uchun ko‘pchilik eronliklar doimiy yashash joyida bo‘lmagan. Yo‘llar to‘sib qo‘yilgani sababli qancha odam uyiga kira olmayotgani ma’lum emas, ko‘plab ichki aviareyslar bekor qilingan.

Eron hukumati mamlakatning 31 ta viloyatidan 12 tasida, jumladan, poytaxt Tehronda favqulodda holat e’lon qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi