Italiyaning Inverigo kommunasida (Komo provinsiyasi, Lombardiya) ikki poyezd to‘qnashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisaga poyezdlardan birining semaforning taqiqlovchi signaliga qaramay harakat qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv tufayli 50 nafar yo‘lovchi yengil shikastlangan. Ularga voqea joyida yordam ko‘rsatildi. O‘rtacha darajada yaralangan 6 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)