Nyu-York shahar kengashining a’zosi Robert Kornegi dunyoda eng baland bo‘yli siyosatchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi “TASS”.
Uning bo‘yi 208 santimetr bo‘lib, undan avvalgi nomzod — 1979-yili vafot etgan britaniyalik siyosatchi Luis Glyukshteyndan yetti santimetrga baland.
Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganligi to‘g‘risida sertifikat berilishi uchun Robert Kornegining bo‘yi kuniga uch marta o‘lchangan. Birinchisi yotgan holida o‘lchangan, qolgan ikkitasi tik turganda.
Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, odamning yotgan holdagi bo‘yi tik turganiga qaraganda balandroq bo‘ladi. Chunki bunda umurtqaga bosim tushib, bo‘y pasaymaydi.
Izoh (0)