29-mart, juma kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha an’anaviy “Gran-Pri” xalqaro musobaqasiga start berildi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
52 ta davlatdan 371 nafar (204 erkak, 167 ayol) sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada 6 nafar dzyudochi O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Musobaqaning dastlabki kunida -60 kg vazn toifasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Sharofiddin Lutfullayev yarim finalda fransiyalik Velide Kxyarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahslarda Sharofiddin rossiyalik Yago Abduladze va mo‘g‘ulistonlik Ganbat Boldbaatarni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalini hamda Tokio Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)