2019-yil oxirigacha Toshkentda 61 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasi qurib, foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda shunday shoxobchalardan ikkitasi foydalanishga topshirilgan. Ularning biri Yakkasaroy tumanidagi Askiya bozori yonida joylashgan. Uni qurish uchun 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Ikkinchisi esa Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr yaqinida ish boshladi. Unga 85 million so‘m sarf qilingan.
Loyiha mablag‘larining 50 foizi tadbirkor tomonidan, 50 foizi esa “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasini barpo etgan tadbirkorlarga soliq to‘lovida imtiyozlar belgilangan.
Izoh (0)