26-mart, seshanba kuni Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Yevro—2020 saralash bosqichida Maltaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi (2:0).
Bu 32 yoshli futbolchining terma jamoa safidagi 121-g‘alabasi bo‘ldi. Shunday qilib u mamlakat bosh jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning rekordini takrorladi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Kasilyas Ispaniya terma jamoasi takibida 167 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bu borada u rekordchi hisoblanadi. Ramos hisobida esa hozircha 162 ta o‘yin mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)