Ukrainaning Rovensk viloyatidagi qishloqlarda birida aholining 80 foizdan ortig‘i bir xil familiyaga ega. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bunday g‘aroyib holat Serniki qishlog‘ida qayd etilgan. Bu yerda Polyuxovich familiyasiga ega 2,5 mingdan ortiq kishi ro‘yxatga olingan.
Saylov komissiyasi a’zolari (ularning ham aksariyati Polyuxovichlar) adashmaslik uchun taklifnomalarda hamqishloqlarning laqablarini yozib, shundan keyingina egalariga topshirmoqda.
Izoh (0)