25-mart, dushanba kuni “China Cup—2019” musobaqasining 3-o‘rni uchun kurashda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy termasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur uchrashuvning 36-daqiqasida xitoylik Vei Shixao Otabek Shukurovga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Tekshiruvlar natijasida Otabekning boldir suyagi pastidan singani ma’lum bo‘ldi. Xitoylik futbolchi o‘yindan keyingi intervyusida qo‘pollikni qasddan qilmaganini ma’lum qilgan.
Shu kunning o‘zida Shixao O‘zbekiston terma jamoasi joylashgan mehmonxonaga kelib, Shukurovning holidan xabar olgan va undan uzr so‘ragan.
Avvalroq Shukurovnning, taxminan, 2 oy muddatga safdan chiqqanligi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)