Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 24-mart holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatilgan. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shti 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozorida hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etilgan. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozorida va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 40 000 – 42 000 so‘mga.
Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 11 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 18 000 – 21 000 so‘m.
Guruch
4 200 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan – 4 200 – 12 000 so‘m.
Eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 500 – 15 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozori va Farg‘onada Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan. Bu yerda o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning Qo‘yliq dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 1 750 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etilgan – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Markaziy dehqon bozori, Farg‘ona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 5 000 – 5 500 so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 - 650 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Kartoshka
1 100 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi Chorsu dehqon bozorida qayd etilgan – 1 100 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzah shahri Markaziy dehqon bozorida hamda Navoiy shahridagi “Saxovat” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 5 000 – 17 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da va Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida, kuzatilgan. Ushbu bozorlarda xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etilgan – 3 000 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh (0)