20-mart kuni AQShda Powerball o‘yinidagi 550 million miqdordagi jekpotni hech kim yutmaganligi sababli bosh sovrin miqdori 625 milliongacha ko‘tarildi, deb yozadi Forum Daily.
Keyingi o‘yin 23 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Powerball jekpoti 2018-yilning dekabr oyidan beri saqlanib kelmoqda. So‘nggi marta 2018-yilning oktabr oyida Janubiy Karolinalik ayol 1,5 milliard dollar yutib olganidan so‘ng ushbu lotereyaga bo‘lgan ishtiyoq oshgan. Bu yutuqdan keyin savdo nuqtalarida Mega Millions chiptalarini sotib olishni xohlovchilarning uzun navbati paydo bo‘lgan.
Powerball o‘yini 44 ta shtatda, shuningdek, Vashington, Kolumbiya, Puerto-Riko hamda Amerikaning Virjiniya orollarida o‘ynaladi.
Biletning narxi ikki dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)