Qozog‘istonning Turkiston viloyatida mashinada mast holda bo‘lgan militsiya xodimini videoga olishdi, deb yozadi “Tengrinews”.
Suratga olish vaqtida xodim o‘z xizmat mashinasida bo‘lgan. Video muallifining murojaatidan keyin mashinadan tushishga harakat qilgan, biroq mast bo‘lgani uchun buni uddalay olmagan.
Aniqlanishicha, voqea 2018-yilning kuzida sodir bo‘lgan.
Turkiston viloyati departamenti video qahramoni Kentau viloyatining amaldagi politsiya xodimi ekanini ma’lum qilgan.
Turkiston viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ichki tekshiruv ishlarini olib borayotgan bo‘lib, shunga ko‘ra politsiya xodimiga nisbatan eng qattiq intizomiy jazodan tortib Ichki ishlar organidan bo‘shatib yuborishgacha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
https://www.instagram.com/p/BvGcrCWHTOa/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_video_watch_again
Izoh (0)