Niderlandiya politsiyasi Utrext shahridagi tramvaylardan birida otishma sodir etganlikda gumon qilinayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy politsiya Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Politsiya erkakni Utrextdagi 24 Oktoberplein bekati atrofida ro‘y bergan otishmaga aloqadorlikda gumon qilib ushladi”, —deyiladi xabarda.
Politsiyachilarga ko‘ra, qidirilayotgan 37 yashar turkiyalik Gyokmen Tenis shaharning Oudenoord hududidagi maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Utrextdagi otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)